Суббота, 19.01.2019, 22:47:12
Главная Регистрация RSS
Приветствую Вас, Mehmon
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » Rasulullohning tug'ilishlari (Rasulullohning tug'ilishlari)
Rasulullohning tug'ilishlari
Uzbek-kinoДата: Пятница, 15.07.2011, 01:50:37 | Сообщение # 1
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2238
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн
ABDULLOHNING OMINAGA UYLANISHI
Abdulloh Abdulmuttalibning eng suyukli bolasi edi. U o‘n sakkiz yoshga kirganda otasi unga Vahobning qizi Ominani olib berdi. Vahob Abdumonofning o‘g‘li, Abdumonof Zuhraning o‘gli, Zuhra esa Kilobning o‘g‘li edi. Omina quraysh ayollari orasida nasl-nasab jihatdan eng zoti poklardan hisoblanardi. U Abdullohga turmushga chiqqach, payg'ambar alayhis salomga homilador bo‘ldi. Gumona endigina ikki oyga to‘lganda Abdulloh vafot etdi va Adiy ibn Najjor avlodidan bo‘lmish tog‘alari uni Madinaga dafn etdilar. Abdulloh Shom (Suriya)ga savdo-sotiq bilan borib kelayotganida Madina shahrida qazo qildi. Ominaning oy kuni yetib, go‘zal axloq, ilm-ma'rifat va pokiza e'tiqod bilan olamni munavvar etguvchi chaqaloq tug‘ildi. Misrlik munajjim Mahmud Posho Muhammad alayhis-salom rabiul avval (hijriyning uchinchi oyi)ning to‘qqizinchi kuni dushanba ertalab tug‘ilganlarini, bu quvonchli hodisa melodiy 571 yil to‘rtinchi oyning 21 kuniga, ya'ni fil* voqeasining birinchi yiliga to‘g‘ri kelishini aniqlagan.

Payg‘ambar alayhis-salom Bani Hoshim ko‘chasidagi Abutolib xonadonida dunyoga keldilar, Abdurahmon ibn Avfning onasi Shaffo doyalik hildi. Bu xushxabarni eshitgan payg‘ambar alayhis-salomning buvalari chaqaloqqa Muhammad deya ism qo‘ydi. Ilgari arablarda bunday ot qo‘yish rasm bo‘lmagan edi. Avvalgi payg‘ambarlarga nozil qilingan Tavrot,* Injil* kabi ilohiy kitoblarda bu ism zikr etilgan, Olloh o‘sha kitoblar zikr qilingan narsani amalga oshirishni iroda qilib, rasulullohning otini buvalarining ko‘ngliga solgan. Payg‘ambar alayhis-salomning enagasi Abdullohning cho‘risi habash Ummu Ayman Baraka, ilk daf'a emizgan ayol esa amakilari Abdulahabning cho‘risi Suvayba edi.

--------------------------------------------------------------------------------

*Fil voqeasi - Makkada yuz bergan mashhur voqea. Arablar bu voqeani tarix boshi qilib olishgan. Qur'onning "Fil" surasida ham bu voqea zikr etiladi. Unda aytilishicha, Yamanga hukmronlik qilgan habash podsholaridan biri Makkaga hujum qilib, Ka'bani buzmoqchi bo‘ladi. U bahaybat bir filni olib keladi. Olloh taolo tumshug'ida tosh tishlagan qushlarni yuborib, g'animlarni yer bilan yakson qildi va Ka'bani saqlab qoldi.
*Tavrot - yahudiylarning muqaddas kitobi.
*Injil - Nasroniylarning muqaddas kitobi.


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » Rasulullohning tug'ilishlari (Rasulullohning tug'ilishlari)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.